Janubiy Afrikada marixuana yetishtirish qonuniylashtirildi
Arxiv foto
Janubiy Afrika Respublikasida shu yilning 27-may kuni boʻlib oʻtgan umumiy saylovlardan keyin mamlakatning giyohvand moddalarga oid qonunlariga qator oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, endi janubiy afrikaliklar uchun kannabis yetishtirish va undan foydalanish qonuniy boʻldi. Keyingi qadam ushbu oʻsimlik moddasining savdosini qonuniy qilishdir.
Prezident Kiril Ramafosa ushbu qonunni imzolaganidan keyin marixuanadan foydalanishni qonuniylashtirgan birinchi Afrika davlatiga aylandi.
Shuningdek, shu vaqtga qadar kannabis qonunbuzarligi bilan ayblangan shaxslarning jinoyatlar tarixi oʻchiriladi. Ammo mamlakatda kannabis bilan bogʻliq jinoyatlari uchun qamoqqa olingan 3 ming nafar mahbus (2022-yil holatiga koʻra) qachon ozod qilinishi maʼlum emas.
Malta, Kanada va Urugvay kabi marixuanani qonuniylashtirgan boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq Janubiy Afrika Respublikasida dorivor vosita sifatida yoki shifokor tavsiyasi boʻlmasa, uni sotib olish noqonuniy boʻlib qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring