Jamoat transportida imtiyozli yurish kartasini berish boʻyicha reglament tasdiqlandi
Hukumat qarori (16.09.2022-y. 507-son) bilan Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga muvofiq, quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi beriladi:
— 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan boʻlmish harbiy xizmatchilar;
— 1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
— 1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
— Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar;
— haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
— Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
— koʻzi ojiz nogironlar va koʻzi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.
Imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.
Vakolatli organ arizani 2 ish kunida oʻrganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga maʼlumot yuboradi.
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.
Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:
— Toshkent va Samarqand shaharlarida – 2023-yil 1-yanvardan;
— respublikaning barcha shaharlarida – 2023-yil 1-maydan amalga oshiriladi.
Eski namunadagi guvohnomalar 2023-yil 1-sentyabrgacha oʻz kuchini saqlab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring