Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugungi kunda Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻrni va ahamiyati fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va mamlakatning demokratik transformatsiyasi jarayonida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faollashuvi jamiyatning turli qatlamlari uchun yangi imkoniyatlar yaratib, davlat va jamiyat oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirishga hissa qoʻshmoqda. Bu oʻzgarishlar Oʻzbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini yanada tezlashtirishga va davlatning jahon hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamlashga yordam bermoqda.
2024 yilning 9-fevral kuni Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining jamiyatdagi eng muhim dolzarb muammolarni hal qilishda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Dasturi Parlament komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.
Dasturga koʻra, “Oʻzbekiston 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2024-yilga moʻljallangan islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish koʻzda tutildi.
Davlat subsidiyasi doirasida qoʻllab quvvatlangan tashkilotlar oʻz faoliyati doirasida bir qator vazifalar amalga oshiriladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini jamiyat va fuqarolarimiz hayotida qanday aks etayotganini tahliliy, infografik tarzda ochib beruvchi materiallar tayyorlab keng jamoatchilikka yetkazishda yetakchilik qiladi.
Hududlarni kompleks rivojlantirishga oid dasturlarda belgilanadigan vazifalarning ijrosini nazorat qilish, sogʻliqni saqlash, davlat xizmatini rivojlantirish, transport va boshqa ijtimoiy sohalardagi mavjud muammolarni aniqlash yuzasisidan tahliliy oʻrganishlarni “Yuksalish” harakati jamoasi olib boradi.
Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar bilan bogʻliqligini mustahkamlash va ularning madaniy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltirishga koʻmaklashish bilan birga, dunyoning turli burchaklarida yashayotgan oʻzbekistonliklarga oʻzbek adabiyotlari, milliy kiyim va cholgʻu asboblari “Vatandoshlar” jamoatfondi tomonidan yetkazib beriladi.
Xorijdagi oʻzbekistonlik yurtdoshlar oʻrtasida milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlashda va ularning Vatan bilan bogʻliqligini saqlashga katta hissa qoʻshadi.
Barqaror rivojlanish markazining ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi tahdidlarga qarshi kurashish va milliy madaniyatni keng targʻib etishdagi ishlari, jamiyatning bilim va madaniyat darajasini oshirishda va milliy qadriyatlarimizni jahonga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Subsidiya olgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan yuqori darajadagi uchrashuvlar yurtimiz siyosatini hamda amalga oshirilgan oʻzgarishlar va islohotlar natijalarini halqaro hamjamiyatga samarali yetkazib berishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari aholini keng tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkorlarni huquqlarini himoya qilish ularga berilayotgan imtiyozlardan foydalanishni oʻrgatish boʻyicha ishlar Savdo sanoat palatasi tomonidan davom ettiriladi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2023-yilning 21-dekabrida qabul qilingan “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli Qarori qabul qilindi.
Qaror mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini hal etishga xizmat qiladi. Davlat subsidiyasi doirasida barcha mahallarga bir yondoshuvni qoʻllash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishga erishiladi.
Taʼkidlash joizki, yuqorida misol qilib keltirilganlar kabi nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi, Oʻzbekistonda ijtimoiy rivojlanishning yangi bosqichga olib chiqadi.
Joylarda davlat organlari tomonidan aholining dolzarb muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik faoliyatini samarali tashkil etishga amaliy koʻmak koʻrsatish tizimida sohalarni kengaytirish zamon talabidir.
Parlament komissiyasi Davlat organlarining bandlik, madaniyat, sport, energetika, millatlararo munosabatlar, din, taʼlim, tibbiyot, yoshlar, korrupsiya, ekologiya, ijtimoiy himoya, jamoatchilik nazorati sohalaridagi davlat buyurtmalarini koʻrib chiqdi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalari natijalarida Kasanachilik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, doimiy ish oʻrinlarini yaratishini taʼminlash, aholi daromadlarini oshirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni zamonaviy protez va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash, ekologiya, muoqbil qayta tiklanuvchi energiya, aholini sogʻlomlashtirish kabi vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyatining institutlari davlat tashkilotlariga koʻmakchi boʻladi.
Joriy yilda Davlat grantlari shaklida 5 ta ochiq tanlov oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda.
Loyihalar xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga koʻmaklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, taʼlim sifatini oshirish, maʼnaviy muhitini sogʻlomlashtirish, radikallashuv, mutaassiblik va yot gʻoyalar taʼsiriga qarshi kurashish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, kambagʻallikni qisqartirish, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida jamoatchilikni nazoratini kuchaytirishga hamda taʼsirchan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Tanlovlarda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga, ularni raqamli texnologiyalarga keng jalb qilish yoʻnalishlari kiritilishoʻiga aohida eʼtibor qaraitladi.
Parlament komissiyasi yigʻilishida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining loyihalariga ajratiladigan mablagʻlar aniq natijaga yoʻnaltirilgan byudjet tamoyili asosida ochiq tanlovlar orqali amalga oshirilishi qatʼiy vazifa etib belgilandi.
Yuqorida qayd etilgan vazifalar hududlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari va jamoat fondlari tomonidan amalga oshiriladi hamda ular tomonidan moliyalashtiriladi. Parlament komissiyasi aʼzolari va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan ularg uslubiy koʻmak koʻrsatiladi.
Parlament komissiyasi kun tartibidagi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqdi va tegishli qarorlarni qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring