Jahon chempionati chiptalari qachondan sotuvga chiqishi eʼlon qilindi
2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari 10-sentyabrdan sotuvga chiqariladi. Bu haqida FIFA oʻzining rasmiy sahifasida maʼlum qildi.
Tashkilot chiptalarni faqat oʻz rasmiy saytidan xarid qilishni tavsiya etib, firibgarlikning oldini olish uchun norasmiy manbalardan foydalanmaslikka chaqirgan.
Hozircha Jahon chempionati oʻyinlari uchun chiptalarning narxlari belgilangani yoʻq, ammo, “BEIN Sports” nashri taxminiy narxlarni eʼlon qildi:
Ochilish oʻyini: 353–706 dollar.
Guruh bosqichi: 82–259 dollar.
Nim chorak final: 118–318 dollar.
Chorak final: 235–494 dollar.
Yarim final: 412–1 118 dollar.
Final: 706–1 882 dollar.
Maʼlumot uchun, Jahon chempionati kelgusi yilning 11-iyunidan 19-iyuligacha Amerika Qoʻshma Shtatlari, Meksika va Kanada mamlakatlarida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring