Jadidlar haqida yangi medialoyiha tayyorlanishi rejalashtirilmoqda
Jadidchilik harakati, umuman, jadidlar faoliyati ma’rifat, madaniyat va san’at taraqqiyotining muhim bosqichlaridan biri hisoblangan. Bugungi kunda bu boy merosni chuqur tadqiq qilish, uni zamonaviy shaklda targ‘ib etish va keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish muhim vazifalardan sanaladi.
Shu maqsadda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Turkiston jadidlarining ta’lim, madaniyat va san’at sohalari rivojidagi o‘rni” nomli yangi medialoyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichida Turkiston jadidlarining ta’lim sohasida amalga oshirgan islohotlari va uning mohiyati ochib beriladi. Jumladan, eski maktab va madrasalardagi an’anaviy uslublarni yangilash, yangi usul maktablarini tashkil etish, darsliklar yaratish, ayollar ta’limiga e’tibor qaratish kabi tashabbuslar hujjatli film va boshqa turdagi kontentlar orqali keng yoritiladi.
Hujjatli filmda jadidlarning o‘z davriga xos ilg‘or qarashlari, pedagogik yondashuvlari, madaniy-ma’rifiy ishlari va san’atga bo‘lgan qarashlari ilmiy-tarixiy asosda ochib beriladi. Tarixiy manbalar, suratlar, shaxsiy kundaliklar va zamonaviy ekspertlar izohlari orqali tomoshabinlar jadidlar olib borgan islohotlarning hayotiy va g‘oyaviy asoslari bilan tanishtiriladi.
Ushbu loyihalar Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining ajralmas qismiga aylanadi. Bu orqali tashrif buyuruvchilar Turkiston jadidlarining o‘z davridagi o‘rni, ta’siri va merosiga nisbatan yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘lishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring