ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi klinik tadqiqotlarida 29 000 nafar kishi ishtirok etgan

02:00 29 Avgust 2021 Jamiyat
1335 0

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida Xitoy-Oʻzbek vaksinasi olgandan keyin ahvoli ogʻirlashgan fuqaro haqida video lavha tarqaldi.

Xoʻsh, Xitoy-Oʻzbek vaksinasi atrofidagi shov-shuvlar va bu vaksinaga ishonchsiz qarayotgan ayrim yurtdoshlarimizning fikrlari qay darajada asosli?

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi mazkur mavzu yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, xalkaro miqyosdagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining III faza koʻpmarkazli klinik tadqiqotlari 2020-yilning 10-dekabridan boshlangan boʻlib, sinovlarda 18 yoshdan katta boʻlgan jami 29 000 nafar kishini qamrab olindi. Mazkur tadqiqotlar Xitoyning Xunan viloyatida, shuningdek Oʻzbekiston, Indoneziya, Pokiston va Ekvador davlatlarida oʻtkazilgan.

Klinik tadqiqotlarda Oʻzbekistondan jami 6966 nafar koʻngilli ishtirok etdi, ulardan 214 nafari 60 yoshdan katta kishilardir.

Tadqiqotlar davomida har bir koʻngilli ishtirokchi 28 kun oraligʻi bilan 3 ta dozada “vaksina/platsebo” sxemasida emlandi. Ulardan 13 kishida oʻrta darajadagi nojoʻya taʼsir aniqlangan boʻlib, 0,002 foizdan kam koʻrsatkichdir. Alohida ajratilgan guruhlarda 95% holatlarda yetarli darajada antitanalar ishlab chiqarilgani aniqlandi.

Agentlik yurtdoshlarimizni Xorazmda yuz bergan holat boʻyicha vaziyatni toʻliq oʻrganmasdan turli oʻrinsiz, asoslanmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер