Zelenskiy Putin bilan uchrashish shartini maʼlum qildi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp bilan ikki yoki uch tomonlama uchrashuvga tayyor. Biroq bu uchrashuv Rossiya hududida boʻlmasligi kerak. Bu fikrlarni Zelenskiy “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Rossiya tomoni bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazish mumkinmi?”, degan savolga javob berar ekan, u bundan mustasno emasligini aytdi.
“Bu prezident Trampning signali edi va men aytdim: Janob prezident, men har qanday uchrashuvga tayyorman, lekin Rossiyada emas. Har qanday uchrashuv, ikki tomonlama, uch tomonlama, agar siz boʻlsangiz, biz xursand boʻlamiz, hatto yil boshida bizda oʻt ochishni toʻxtatish va uchrashuv boʻyicha dastlabki shartlar boʻlgandi. Keyin xavfsizlik kafolatlari haqida gaplashdik, keyin esa uchrashuv”, — degan Ukraina yetakchisi.
Shu yiling 5-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida uning Zelenskiy bilan uchrashuvi uchun eng yaxshi joy Moskva ekanligini taʼkidladi. Davlat rahbari Ukraina rahbari va uning delegatsiyasi Rossiya poytaxtiga tashrif buyurishga qaror qilsalar, ularning xavfsizligini 100 foiz kafolatlashga tayyorligini qoʻshimcha qildi.
Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari va Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan sarmoyaviy va iqtisodiy hamkorlik boʻyicha maxsus vakili Kirill Dmitriyevning aytishicha, Ukrainadagi mojaroni hal qilish prezidentlar Vladimir Putin va Donald Tramp oʻrtasidagi muloqot tufayli yaqinlashib bormoqda.
“Tramp va Putin oʻrtasidagi muloqot tufayli tinchlik yaqin”, dedi Dmitriyev.
Uning taʼkidlashicha, Ukrainadagi mojaroni faqat muzokaralar va bir-birlarining pozitsiyalarini tushunish orqali hal qilish mumkin. Rossiyaga sanksiyalar qoʻllash orqali bosim oʻtkazishga urinishlar natija bermagan.
Avvalroq Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp yaqin orada muzokaralarning ikkinchi raundini oʻtkazishi mumkinligini maʼlum qilgandi. Uning taʼkidlashicha, ishchi aloqalar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring