Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar yanada qoʻllab-quvvatlanadi
“Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–303-son, 15.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ushbu qarordan koʻzlangan maqsad, zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga boʻlgan talabini qondirish etib belgilangan.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ–452-son (https://lex.uz/docs/6346726) qarorining 2-bandiga muvofiq qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029-yil 1-fevralga qadar uzaytirildi.
2026-yil 1-fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirishda quyidagi qoʻshimcha mezonlar inobatga olinadi:
- yaratilgan yangi ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan zargarlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgani va ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining toʻrt baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;
- zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti boʻlishi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring