“Manchester Siti” klubi ishonchli gʻalabaga erishdi
Kecha, 24-yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 23-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidagi oʻyinda “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Vulverxempton” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 2:0 hisobida “shaharliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga 6-daqiqada Omar Marmush va birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan ikkinchi daqiqada Antuan Semenyo mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi. Uning toʻp uzatmalarining 98 foizi aniq chiqdi. Oʻyin davomida 10-marta raqiblarining hujumini toʻxtatishga erishdi. “Sofascore” portali Abduqodirning harakatlarini 7,3 ballga baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring