Zamonaviy klinikada yangi ish oʻrinlari yaratildi

12:09 19 Noyabr 2024 Jamiyat
318 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Tibbiyot sohasidagi hayotbaxsh islohotlar samarasi sifatida keyingi yillarda xususiy sektor ham jadal rivojlanyapti.

Yozyovon tumani markazida faoliyat boshlagan “DR.XOLIKOV CLINIK” xususiy shifoxonasida barcha zamonaviy sharoitlar muhayyo etilib, 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Tibbiyot maskanining ochilishiga bagʻishlangan marosimda tuman hokimi va barcha sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, muassasa faoliyati tumanda tibbiy xizmatlar koʻlamini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

— Ezgu tashabbusni amalga oshirish uchun 10 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflandi, — deydi loyiha tashabbuskori, tajribali shifokor Shukrullo Turgʻunboyev. — Shu maqsadda xorijdan eng zamonaviy texnologiyalar olib kelinib, sifatli davolash va tashxis qoʻyish xizmatlari yoʻlga qoʻyildi.

Aytish joiz, katta avtomagistral boʻyida joylashgan mazkur klinika 4 qavatdan iborat boʻlib, bir paytning oʻzida 75 nafar bemorga xizmat koʻrsatadi. UZI, rentgen, laboratoriya tekshiruvidan tortib 2 ta zamonaviy operatsiya bloklarida jarrohlik amaliyotigacha oʻtkazish imkoniyati mavjud. Kardiolog, nevrolog, terapevt, LOR, endokrinolog, urolog, ginekolog, pediatr, oftalmolog kabi 10 yoʻnalishda eng tajribali shifokor hamda hamshiralar xizmatda boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер