Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalar sari muhim qadam

12:40 05 May 2025 Jamiyat
123 0

Poytaxtimizda SHHT davlatlari II Tibbiyot kongressi va O‘zbekiston kardiologlarining an’anaviy  yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

“Zamonaviy kardiologiya: profilaktikadan yuqori texnologiyalargacha” mavzusi doirasida o‘tkazilgan Kongress SHHTga a’zo mamlakatlar va boshqa davlatlardan yetakchi kardiologlar, kardioxirurglar, olimlar, hukumat hamda biznes vakillarini birlashtirgan eng yirik xalqaro platformaga aylandi.

Tadbir doirasida plenar majlislar, xalqaro simpoziumlar, mahorat darslari va yosh mutaxassislar uchun yosh olimlar tanlovi o‘tkazildi. Yurak‑qon tomir kasalliklarini aniqlash va davolashdagi innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, tibbiy turizm va xalqaro hamkorlik masallariga alohida e’tibor qaratildi.

Kardioxirurgiya va intervension kardiologiyadagi innovatsiyalar, tibbiyotda sun’iy intellekt va genetika, tibbiy ta’limni rivojlantirish, ilmiy loyihalar va transchegaraviy hamkorlik kabi mavzular ko‘rib chiqildi. Bu borada taniqli kardiolog, akademik va professorlarning ma’ruzalari tinglandi.

Xususan nufuzli tadbir tashkilotchilaridan biri Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Xurshid Fozilov so‘zga chiqib, avvalo mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutladi. Ushbu tadbir kardiologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, sohaga zamonaviy, innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida o‘zaro tajriba almashishda muhim xalqaro platforma ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida profilaktik choralarni takomillashtirish, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt va genetika imkoniyatlarini klinik amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, tibbiy ta’limni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tadbirlar soha rivojiga turtki beradi hamda yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurashda samarali yechimlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Robiya BAXTIYOROVA,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер