“Zakovat” intellektual klubi tomonidan tibbiyot xodimlari oʻrtasida Ibn Sino kubogi oʻtkaziladi
Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–96-sonli qarorida aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish boʻyicha bir qator muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan turli soha vakillari oʻrtasida muntazam ravishda intellektual oʻyinlar tashkil etib kelinmoqda.
Shu maqsadda 2023-yilning avgust oyida yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan davlat va xususiy tibbiyot muassasalari xodimlari jamoalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha Ibn Sino kubogi musobaqalari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bunda jamoa aʼzolari ayni bir tibbiyot muassasasi yoki tashkilotida ishlashi talab etiladi.
Musobaqada faqat shifokorlar emas, balki hamshira, feldsher va farmatsevt kabi tibbiyot sohasining boshqa vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, biror tibbiyot muassasasida mehnat faoliyatini olib borayotgan talabalar ham qatnashish imkoniga ega.
Turnirda ishtirok etish uchun jamoalar Kubok nizomiga 1-ilovada (https://t.me/zakovat/10039) keltirilgan ariza namunasini toʻldirgan holda tibbiyot muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan birgalikda shifokor@zakovat.tv elektron pochtasiga ariza yuborishlari kifoya qiladi.
Turnir 2 ta bosqichda boʻlib oʻtadi:
1-bosqich — hududiy saralash bosqichlari;
2-bosqich — Respublika bosqichi.
Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan jamoalarga smart televizorlar topshiriladi!
Hududlardan ishtirok etadigan jamoalar aʼzolarining Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxona xarajatlari “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan moliyalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring