Yuz nafar namanganlik Rossiya Federatsiyasiga ishga joʻnab ketdi
Foto: “Xalq so‘zi”
Rossiya Federatsiyasiga fuqarolarni tashkillashtirilgan va tartibli ishga yuborish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida hukumatlararo “Пилот” loyihasi imzolangani barchaga maʼlum. Mazkur loyiha boʻyicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati filialida Rossiyaning “Строй Крафт”, “Пик индустрия”, “Анастрой”, “ПСП” va boshqa ish beruvchilari tomonidan tanlov jarayonlari oʻtkazilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar loyiha asosida ming nafar namanganlikni hamkor mamlakatga tashkiliy ravishda ishga yuborish, ularning rasmiy bandligini taʼminlash, huquq va manfaatlarini kafolatlash maqsad qilingan. Bunda ish beruvchi tomonidan fuqarolar ketish xarajatlari, ish joyiga borgach, uch mahal issiq ovqat, maxsus kiyim bosh, yotoqxona bilan bepul taʼminlanib, oylik mehnat haqi kasb mutaxassisligiga qarab oʻrtacha 500-800 dollar miqdorida toʻlanadi.
Kecha navbatdagi yuz nafar fuqaro Amur oʻlkasiga ishga yuborildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tomonidan fuqarolarga tushuntirish va maslahatlar berildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring