Yunusobodda kuz mavsumida 20 mingdan ziyod daraxt koʻchatlari ekish rejasi 43 foizga bajarilgan — Prezident

18:28 02 Fevral 2022 Siyosat
799 0

Foto: president.uz

“Oʻtgan yili noyabr oyida «Yashil makon” umummilliy loyihasini boshlab, 200 millionta daraxt koʻchati ekishni reja qilib oldik.

Kuz mavsumining “dolzarb 40 kunligida” 85 million dona daraxt koʻchatlari ekildi.

Koʻplab hudud va tarmoq rahbarlari, mahallalar, aholi, fermer-dehqonlar, umuman keng jamoatchilik jonbozlik koʻrsatib, katta ishlarni amalga oshirgan boʻlsada, ayrim hududlardagi ishlarda pala-partishlikka, sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan.

Misol uchun, Izboskan, Ulugʻnor, Arnasoy, Paxtakor, Namangan, Uychi, Dehqonobod, Pastdargʻom, Oqoltin, Mirzaobod, Payariq, Boʻstonliq, Chinoz, Yangihayot, Yunusobod tumanlarida ishlar sust tashkil qilingan.

Yunusobodda kuz mavsumida 20 mingdan ziyod daraxt koʻchatlari ekish rejasi 43 foizga bajarilgan», dedi Prezident.

Ekologiya qoʻmitasining rahbariyatiga ishlarni yangi yondashuv asosida tashkil etishga topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?