Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish hamda ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Markazning O‘zbekiston–Xitoy hamkorligini mustahkamlash, turli sohalardagi qo‘shma tashabbus va loyihalarni ilgari surishdagi o‘rni tobora ortib borayotganini qayd etdilar.
Uchrashuvda ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalarida almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish hamda amaliy hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida tomonlar yaqin aloqalarni davom ettirish, istiqbolli loyihalarni muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlikni izchil kengaytirish borasida kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring