AQSHda Venesueladagi operatsiya sabab Trampga impichment eʼlon qilish taklif qilindi
AQSH prezidenti Donald Trampga Venesuelada oʻtkazilgan operatsiyani AQSH Kongressi bilan kelishmagan holda amalga oshirgani uchun impichment eʼlon qilish zarur. Bu haqda Merilend shtati vakili boʻlgan demokrat kongressvumen Eypril Delani maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirdi.
“Oʻtgan dam olish kunlari biz shunga guvoh boʻldikki, prezident — Konstitutsiyamizning talablariga zid ravishda, Kongress ruxsati yoki maʼqullovisiz Venesuelaga hujumni boshladi va bu mamlakatni “boshqarish” niyati borligini eʼlon qildi. Shu bois, menimcha, bizning demokratik fraksiya yaqin vaqt ichida impichment jarayonini boshlash masalasini koʻrib chiqishi kerak”, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, 3-yanvar kuni AQSH Karakasga zarbalar bergan, shundan soʻng esa Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qoʻlga olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring