YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi 

10:00 16 May 2024 Siyosat
427 0

Rehina Mariya Kastijio Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida oʻz vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda vakolatxona matbuot xizmati maʼlum qildi

Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio YUNISEFning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan.

2016-yilda YUNISEFda mehnat faoliyatini boshlashdan oldin Boliviya, Ekvador va Perudagi YUNEYDS (BMTning OIV /OITS boʻyicha qoʻshma dasturi) direktori, Shveysariyada YUNEYDS xususiy sektor bilan hamkorlik boʻlimi rahbari va BMT bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha masʼul xodimi boʻlgan.

Rehina Mariya Kastijio AQSHning Vashington shtatidagi Gʻarbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar boʻyicha tahsil olgan, AQSHning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar boʻyicha magistrlik darajasiga ega.

Rehina Mariya Kastijio ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon soʻzlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?