Yozda Pol Pogba Fransiyaning “PSJ” klubiga oʻtadi

01:29 20 Aprel 2022 Sport
1259 0

Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba “PSJ”ga oʻtishga yaqin turibdi. 

29 yoshli yarim himoyachi PSJ bilan 4 yillik shartnoma imzolashga rozi boʻlgan. Pogbaning “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2022-yilning yozida yakuniga etadi. Shu tariqa, u yozgi transfer oynasida parijliklar safiga tekinga oʻtishi mumkin boʻladi.

Angliya premyer-ligasining (APL) joriy mavsumida Pogba 19 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan. U 2016-yildan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda.

2012 — 2016-yillarda Italiyaning «Yuventus» klubini himoya qilgan Pogba toʻrt marta Italiya chempioni boʻlgan. 

Fransiya terma jamoasi safida u jahon chempionati va UYEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?