Yoshlik, qardoshlik va doʻstlik anjumani

12:37 18 Avgust 2025 Jamiyat
96 0

Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar-sogʻlomlashtirish oromgohida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi boʻlib oʻtdi.

Ushbu qurultoyda yurtimizdan iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, shuningdek, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Belarus, Rossiya Federatsiyasi hamda Oʻzbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirok etishdi.

—Ushbu tadbirning nufuzi yildan yilga oshib bormoqda, — deydi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi boʻlim boshligʻi Zarina Abdullayeva. – Buni qurultoyda ishtirok etish istagini bildirayotgan xalqaro delegatsiyalar soni oshib borayotganida ham koʻrish mumkin. Masalan, bu yil beloruslik yoshlarning oʻzlari qurultoyda ishtirok etish taklifi bilan chiqishdi. Turkmanistonlik yoshlar ilk marotaba qatnashishmoqda.

Darhaqiqat, besh kun davomida mehmonlar ajoyib va betakror tadbirlarning guvohi boʻlishdi. Qurultoy doirasida turli tanlovlar, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiyalar, madaniy-koʻngilochar tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar va jamoalarga tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jahongir BOYMURODOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?