Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda
Foto: "Xalq so'zi"
Mamlakatimiz boʻylab yoshlarni ish bilan taʼminlash va xususiy tadbirkorlikka yoʻnaltirish maqsadida “Yoshlar sanoat hududlari”ning tashkil etilishi oʻzining ijobiy natijasini bera boshladi. Misol uchun, Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida yosh tadbirkor Abbosbek Joʻrayev kalava ip tayyorlash korxonasiga asos soldi.
– Xoʻjaobod tumanida yuzlab yengil sanoat korxonalari bor,– deydi A. Joʻrayev. – Tengdoshlarim qatori ulardan birida ishlashim ham mumkin edi, biroq respublikamizda yosh tadbirkorlarga boʻlgan eʼtibor, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tashabbuskor yigit-qizlarni mana shunday sanoat hududlariga birlashtirayotganini koʻrib, bunday qulayliklardan men ham foydalanishga qaror qildim. Tumanimizdagi toʻqimachilik korxonalariga kalava ip yetkazib berish loyihamni amalga oshirdim. Hozirda 40 nafar tengdoshlarimni ish bilan taʼminlaganman. Kelgusida ularning sonini yuz nafarga yetkazishni rejalashtirib turibman.
Bir soʻz bilan aytganda, viloyat boʻyicha 19 ta manzilda shunday sanoat hududlari tashkil etilmoqda va ularda minglab yoshlar oʻndan ortiq turdagi sanoat ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring