Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun oʻquv seminari tashkil etildi
Oliy Majlis Senatida Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi.
Seminarning ochilish marosimida Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi O.Kozixonova, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari D.Kattaxanova soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan alohida eʼtibor va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga toʻxtaldi.
Oʻquv seminari davomida yosh parlament aʼzolari mahalliy Kengashlarda yoshlar bilan samarali ish olib borish amaliyoti, media sohasida PR texnologiyalari, liderlik va shaxsiy samaradorlik, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati, qonunchilik jarayonida yoshlar ishtiroki, kelajakka moʻljallangan istiqbolli rejalar tuzish mavzularida amaliy koʻnikmalarga ega boʻldi.
Seminar davomida yoshlar bilan parlament oʻrtasida tizimli muloqotni kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amaliyotga joriy etish va yoshlarning tashabbuslarini roʻyobga chiqarish muhimligi ham taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring