Yoshlar parlamenti aʼzolari YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova ishtirokchilarga mazkur tuzilmaning asosiy vazifalari, maqsadlari va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi faoliyat yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Oʻz navbatida, Antti Karttunen YXHTning Oʻzbekistondagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, taʼlim va inson huquqlarini muhofaza qilish sohalaridagi loyihalar haqida maʼlumot taqdim etdi.
Tomonlar uchrashuv doirasida media savodxonlikni oshirish, taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish hamda yoshlar orasida huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Uchrashuv yakunida yoshlar siyosatidagi oʻzaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda hamkorlikda loyihalar tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring