Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari-2025 mezbonligi Toshkentdan olib qoʻyildi

Osiyo olimpiya kengashi Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi III Osiyo oʻyinlari bekor qilinganini eʼlon qildi. Bu haqda Osiyo oʻyinlar Instagram kanalida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, tadbir 2025-yilda Bahraynda oʻtkaziladi. Ijroiya kengashi oʻz qaroriga izoh bermagan. Bu qaror 2024-yil 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan ijroiya qoʻmita yigʻilishida qabul qilingan.
Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari mintaqa yoshlari oʻrtasidagi sport aloqalarini rivojlantirish uchun muhim maydon hisoblanadi. Musobaqada Osiyoning turli mamlakatlaridan yosh sportchilar oʻzaro bellashadilar. Tadbir koʻplab sport turlarini qamrab olib, mintaqadagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlaydi.
Oʻzbekiston tomoni ham musobaqaning boshqa mamlakatga koʻchirilishiga izoh berganicha yoʻq. Buning potensial sabablari hozircha maʼlum emas.
Aytish mumkinki, Oʻzbekiston soʻnggi yillarda katta musobaqalar oʻtkazish boʻyicha tajribaga ega boʻlmoqda. Yurtimiz har qanday katta turnirni oʻzida qabul qilish salohiyatiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring