Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

10:31 30 Iyun 2023 Hujjatlar
1354 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida oʻzining yuksak azmu shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlansin:    

Mambetyarova Ulbosin Musatdin qizi – Qoʻngʻirot tumani “Mingjargʻan” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Niyazimbetov Sherzod Kadirberdiyevich – Nukus tumanidagi “Biogumus” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Yoʻldoshev Raximjon Rafukjon oʻgʻli – Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, Andijon viloyati

Ummataliyeva Moxlaroy Zokirjon qizi – Baliqchi tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Gorev Petr Denisovich – Buxoro shahridagi “Buyuk ipak tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati dizayneri, Buxoro viloyati

Yusupova Chinora Anvar qizi – Vobkent tumanidagi “Chinar Mushroom tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Nabiqulova Nafisa Oʻktam qizi – “Soʻgʻdiyona-W” professional futbol klubining ayollar jamoasi futbolchisi, Jizzax viloyati

Usmonova Madina Ulugʻbek qizi – Jizzax shahridagi “Grand Super Star” masʼuliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, Jizzax viloyati

Mansurova Zarina Anvar qizi – Qarshi tumanidagi 71-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Xaqberdiyev Abdumannon Gʻafurovich – Muborak gazni qayta ishlash zavodining sex operatori, Qashqadaryo viloyati

Ravshanova Gulhayo Azamatovna – Navoiy viloyati “Ziyokor” ayollar va yoshlar markazi rahbari

Raxmonov Suxrob Yusupovich – Navoiy shahridagi “Bur Kompressor Navoiy” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Abdullayeva Zamira Muxtorjon qizi – Chortoq tumanidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Rafikov Jaxongir Raximjonovich – Namangan shahridagi “Effortless Education Service” nodavlat taʼlim muassasasining “Start-21” oʻquv markazi rahbari, Namangan viloyati

Balikova Charos Norbek qizi – Shashka boʻyicha Oʻzbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi, Samarqand viloyati

Maxkamtosheva Marhabo Abduraxmon qizi – Samarqand davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Samarqand viloyati

Boqiyeva Feruza Sherali qizi – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Sirdaryo viloyati

Toshbekov Joʻrabek Abdumalik oʻgʻli – Sirdaryo tumanidagi “Software-Developers-Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Abdumalikov Umidjon Abdumalik oʻgʻli – Termiz tumanidagi “Surxon Termiz Umid” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Ochildiyeva Dilnoza Oʻtkir qizi – Qiziriq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak rahbari, Surxondaryo viloyati

Abdullayev Ruslan Anvar oʻgʻli – Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, Toshkent viloyati

Qiyomova Marjona Murodxoʻja qizi – Parkent tumanidagi “Kumushkon” kutubxonasi rahbari, Toshkent viloyati

Ibroximov Jaxongirmirzo Ulugʻbek oʻgʻli – Margʻilon shahridagi “Muhandisona” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Fargʻona viloyati

Turgʻunova Nodiraxon Abduraxim qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti, Fargʻona viloyati

Qalandarov Shohruhbek Mirzabek oʻgʻli – Xonqa tumanidagi “Xonqa chorva kapital” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Masharipova Guli Raʼno Ozodovna – “Edu Action” IELTS test markazining Xorazm viloyati boʻyicha bosh koordinatori

Achilova Diyora Alisherovna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xalqaro fakulteti yoshlar yetakchisi

Umirzakov Shahzod Baxtiyor oʻgʻli – Yunusobod tumanidagi “Tass Vision” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Asqaraliyeva Mahliyoxon Akmaljon qizi – Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Joʻraqulova Marjona Sadriddin qizi – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar ovozi” klubi rahbari

Ikromova Taxmina Izatulloyevna – Gimnastika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika boʻyicha sportchisi

Kadirov Azamat Azizovich – “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xavfsizligi va sifat taʼminoti boshqarmasi “A-320” havo kemasi uchuvchi-noziri

Muxsumov Javlonbek Xusniddin oʻgʻli – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning xalqaro olimpiada zaxiralari markazi oʻqituvchisi

Raxmonova Nargizaxon Baxtiyorjon qizi – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli artisti

Safarov Xudoynazar Sunnat oʻgʻli – “Oʻzbekgeologiyaqidiruv” aksiyadorlik jamiyatining Zarafshon dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi yer osti ishlari geologi

Usmanova Maftuna Anvarovna – Toshkent shahridagi “Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasining loyihalar koordinatori

Xamroyev Sardorbek Islom oʻgʻli – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

Elmurodova Nigina Baxtiyor qizi – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining buyrak transplantatsiyasi va reabilitatsiyasi boʻlimi jarrohi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер