Yoshlar — ertamiz egalari, kelajagimiz bunyodkorlari!
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning isteʼdodini namoyon etishlari, puxta bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Bu esa yosh avlod vakillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik tuygʻusini yanada oshiryapti, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Joriy yilning noyabr — dekabr oylarida Oʻzbekiston boʻylab, “Yoshlar oyligi” deb belgilanishi hamda mazkur oylik doirasida koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport festivallari, koʻrgazmalar oʻtkazish rejalashtirilgani ham bejiz emas, albatta. Buning asl mohiyati yoshlarning jamiyat ravnaqi va Vatan taraqqiyotidagi ishtiroki hamda faolligini oshirish bilan bevosita bogʻliq.
Jumladan, “Yoshlar oyligi” doirasida “Yoshlar sport festivali”, “Intellektual loyihalar festivali”, “Yoshlar madaniyat va sanʼat festivali”, “Anʼanaviylik va zamonaviylik” moda va dizayn koʻrgazmalari, “Tajriba va mahorat”, “Toshkent harbiy vatanparvarlik festivali” kabi tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlar bizning 269-umumtaʼlim maktabimizda ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2021” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida oʻquvchilar faolligida sahnalashtirilgan teatr va spektakllar namoyishlari, musiqiy chiqishlar, milliy liboslar koʻrgazmasi, intellektual oʻyinlar musobaqasi va boshqa tadbirlar oʻtkazilyapti. Eʼtiborlisi, ushbu tadbirlarda maktabimiz oʻquvchilari juda faol ishtirok etayotir.
Tadbirlardan koʻzlangan maqsad — oʻquvchi-yoshlarni ilm-fanga qiziqishni yanada kuchaytirish, ular oʻrtasida ijod, madaniyat hamda sanʼatni targʻib qilish, sportni rivojlantirish, bir soʻz bilan aytganda, yoshlarning jamiyatda munosib oʻrin topishlariga koʻmaklashishdan iboratdir.
Yana bir muhim jihat shundaki, taʼlim maskanimizda olib borilayotgan keng qamrovli targʻibot tadbirlari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugungi kunda hayotga izchil tatbiq etib kelinayotgan 5 muhim tashabbus doirasidagi saʼy-harakatlar mazmun-mohiyatiga hamohang, desak, mubolagʻa emas. Bu esa biz, maktab oʻqituvchilarini, qolaversa, yoshlarni Vatan ravnaqi yoʻlida birlashib, ulkan marralarni zabt etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuni ishonch bilan ayta olamanki, bundan keyin ham maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash, oʻquvchilarga puxta bilim berish va buning uchun maktabimizda barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish — bizning bosh maqsadimiz boʻlib qolaveradi.
Zero, yoshlar — ertamiz egalari, kelajagimiz bunyodkorlari ekan, ular tarbiyasida aslo tanaffus boʻlmasligi lozim.
Dildora MARDONOVA,
Sergeli tumani 269-umumtaʼlim maktabi
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring