Yosh shaxmatchilarimiz jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etyapti

12:08 26 Oktyabr 2021 Sport
666 0

Shu kunlarda Latviyaning Riga shahrida 2021 — 2023-yilgi shaxmat boʻyicha jahon chempionati saralash bosqichining bir qismi boʻlgan “Grand Swiss Tournament” turniri boʻlib oʻtmoqda.

Turizm va sport vazirligi xabariga koʻra, kecha boshlangan ushbu musobaqa 8-noyabrga qadar davom etadi.

Turnir butun dunyo boʻylab 114 nafar eng kuchli shaxmatchilar oʻrtasida 11 turda oʻtkaziladi. Musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi esa 425 000 AQSH dollaridan iborat.

Jahon chempionatiga saralash turnirida Oʻzbekiston sharafini 4 nafar grossmeyster — Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov himoya qilmoqda.

Shuningdek, musobaqada Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Husan Turdaliyev hakam sifatida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?