O‘zbekistonda Yosh oila chegarasini 30 dan 35 yoshgacha uzaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston yosh oila chegarasini 30 dan 35 yoshga uzaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida petitsiya paydo bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) - yosh oila deb belgilangan.
“Ma’lumki, yosh oila toifasi bizga ba’zi bir imkoniyatlar, jumladan, daromad solig‘i, kreditlar, uy-joy olish kabi munosabatlarda imtiyozlar taqdim etadi.
Hozirgi kunda yoshlarimiz o‘rtasida turmush qurish kechikib bormoqda. Bunga sabab turmush qurayotgan insonlar, eng avvalo, moliyaviy holatini yaxshilab, keyin turmush qurishni o‘ylaydi va bu turmush qurishni kechikishiga olib keladi, aksar hollarda 30 yoshdan keyin turmush qurayotganlar ham kam emas.
Shuning uchun, yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshga ko‘tarish taklifini bildiraman. Ushbu taklif amalga oshirilsa, yosh oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimida yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratiladi”, - deyilgan jamoaviy murojaatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring