Yosh xokkeychilarimiz Osiyo chempionatida peshqadamlik qilishmoqda
Maʼlum qilganimizdek, ayni kunlarda Moʻgʻulistonda xokkey boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2-turdan soʻng yetakchiga aylandi.
Ortda qolgan kunda Eron bilan bahs olib borgan yigitlarimiz 14:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Shu tariqa, 6 ochko jamgʻargan jamoamiz shaybalar nisbatiga koʻra peshqadamga aylanib oldi.
Bugun musobaqada dam olish kuni. 3-turda hamyurtlarimiz dastlabki ikki oʻyinda gʻalaba qozongan mezbonlarga qarshi bahs olib borishadi. Yana bir ahamiyatli tomoni, musobaqa davomida 6 bor raqib darvozasini ishgʻol qilgan va yana shuncha assist muallifiga aylangan yurtdoshimiz Jasurbek Rustamxonov 2 turdan soʻng eng yaxshi snayper boʻlib turibdi.
2-tur: Oʻzbekiston – Eron: 14:1
14.03.2023
3-tur: Moʻgʻuliston – Oʻzbekiston
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring