Yoniq yurakli shoira yod etildi
Foto: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan “Bayroqdek hilpirab vaqt kelayotir...” nomli adabiy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi.
Marosimda keng jamoatchilik vakillari, madaniyat va sanʼat namoyondalari, shoira ijodining muxlislari hamda yosh ijodkorlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida anjumanlar zaliga kirishda Halima Xudoyberdiyeva ijodiga oid kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Adabiy kechani Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori Pokiza Abdurahmonova tabrik soʻzi bilan ochib berdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan taniqli ijodkorlar Usmon Azim, Qutlibeka Rahimboyeva, Eshqobil Shukur, Salim Ashur shoiraning sheʼriyati va ustozlik qirralari borasida alohida toʻxtalishdi, shoira bilan bogʻliq xotiralarini soʻzlab berishdi.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari ishtirokida shoiraning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Shundan soʻng kinoijodkor M.Nariziqulov shoiraning hayoti va ijodini aks ettiruvchi “Olchazor bogʻlarda” nomli badiiy-publitsistik filmni yaratish borasidagi izlanishlari haqida soʻz yuritdi.
Tadbir soʻnggida mehmonlar va kecha ishtirokchilariga kitoblar jamlanmasi ulashildi.
Rahmatjon Bobojonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring