Yongʻin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish takomillashtiriladi
Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori (142-son, 04.04.2023-y.) bilan Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra, bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
Shunga koʻra, ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs) DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Soʻrovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 10 foizi (30 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 27 ming soʻmni tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Shuningdek, qaror bilan Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.
Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 2 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring