Ynet: Isroil Gʻazo sektorini toʻliq egallashga tayyorlanmoqda
Foto: AFP
Isroil hukumati Gʻazo sektorini toʻliq harbiy okkupatsiya qilish rejasini tasdiqlashga yaqin turibdi. Bu haqda mahalliy Ynet nashri xabar berdi.
“Qaror qabul qilindi – biz Gʻazo sektorini toʻliq egallash sari ketmoqdamiz”, — deya keltiradi nashr hukumatdagi manbalarning soʻzlarini.
Xabarda aytilishicha, bosh vazir Binyamin Netanyaxu yaqin orada harbiylarga Gʻazoni toʻliq bosib olish boʻyicha buyruq berish taklifini hukumat muhokamasiga qoʻyishi mumkin.
Biroq bu tashabbusga qarshi boʻlganlar ham bor: jumladan, Isroil armiyasi Bosh shtabi rahbari general Eyal Zamir va boshqa harbiy yetakchilar ushbu qarorga norozilik bildirgan. Shunga qaramay, hukumat rasmiylari harbiylar fikrini inobatga olmaslikka tayyor ekanini bildirgan.
“Zarurat tugʻilsa, garovdagilar saqlanayotgan hududlarda ham jangovar operatsiyalar olib boriladi. Bu bosh shtab boshligʻiga yoqmasa, isteʼfoga chiqishi mumkin”, — degan ismi oshkor qilinmagan amaldor.
Nashrga koʻra, Isroil siyosiy rahbariyati garovga olinganlarni diplomatik yoʻl bilan ozod qilish ehtimoli deyarli qolmaganini tan olgan. Muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qolgani sababli, harbiy yoʻl tutish rejasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring