Yashirin konserva sexida 2,6 milliard soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani boʻlimi va “Hududgaz Poytaxt” GTF xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida fuqaro R.Q. Bektemir tumani, “Oltintopgan” MFY hududidagi xonadonda tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan konserva mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻygani fosh qilingan.
Tezkor tadbir davom ettirilganda fuqaro tuman gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, 889,8 ming m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 milliard soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring