“Yashil makon” — obodlik va koʻrkamlik timsoli
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Davlatimiz rahbarining joriy yil 8-aprel kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlarni kuchaytirish, bunday ezgu tashabbusni har bir mahalla, koʻcha va xonadonda roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq masalalar ham muhokama etildi.
Vazirlik va idoralarga biriktirilgan hududlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar aniq koʻrsatib oʻtildi.
Milliy anʼanalar va tajribalar asosida hududlarni koʻrkam, jozibali, eng muhimi, odamlarga huzur baxsh etadigan, ularning munosib yashashiga xizmat qiladigan, xalqni rozi qilishga qaratilgan mazkur tashabbusni amalga oshirish ishlari Sergeli tumanida ham boshlandi.

Jumladan, ushbu tumanga biriktirilgan Bosh prokuratura tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda «

Dastlab ishchi guruh tomonidan tuman sektorlari masʼullari bilan birgalikda barcha mahallalardagi koʻchalar, xonadonlar va boshqa obyektlardagi mavjud ahvol oʻrganib chiqildi.
Oʻrganishlar asosida qilinadigan ishlar, ular uchun masʼullar, muddatlar va moliyaviy manbalar aniq belgilab olindi.

Xususan, qisqa muddatlarda ekilishi lozim boʻlgan mevali va manzarali daraxtlar, gul koʻchatlariga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitob qilinib, buyurtmalar shakllantirildi.
Bugun esa, mazkur buyurtmalar asosida keltirilgan nihollarni ekish boshlandi.

Koʻtarinkilik va uyushqoqlik bilan boshlangan hamda mamlakatimizning boshqa hududlarida ham amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar Bosh prokuratura tomonidan doimiy muvofiqlashtirilib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring