Yashash uchun eng qulay shaharlar maʼlum boʻldi
Buyuk Britaniyaning “The Economist” jurnali dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini eʼlon qildi.
Unda dunyoning 173 shahri barqarorlik, atrof-muhit, sogʻliqni saqlash, infrastruktura va taʼlim koʻrsatkichlari boʻyicha 100 balli tizimda baholandi. Va Daniya poytaxti Kopengagen 2025-yil yashash uchun eng qulay shahar deb topildi.
Ikkinchi oʻrinda Vena va Syurix, uchinchi oʻrinda esa Melburn qayd etilgan. Eng yaxshi oʻnlikka, jumladan, Jeneva, Sidney, Osaka, Oklend, Adelaida, Vankuver kirdi. Reytingda soʻnggi oʻrinni Suriyaning Damashq shahri band etdi.
Bundan tashqari, yashash uchun noqulay shaharlar oʻntaligida Tripoli, Dakka, Karachi, Jazoir, Lagos, Xarare, Port-Morsbi, Kiyev va Karakas qayd etilgan. Taʼkidlanishicha, dunyodagi beqarorlik tufayli bu shaharlardagi turmush sharoitlari ketma-ket ikkinchi yil yaxshilanmayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring