Yaponiyaning reytingi baland teledasturida Samarqand shahrining turizm salohiyati namoyish qilindi
Yaponiyaning TBS telekanalining yuqori reytingli “Love it!” teledasturida Samarqand shahrining turizm salohiyati namoyish qilindi.
Dasturda Samarqand shahrining turizm salohiyati, tarixiy obidalari va milliy taomlarimiz haqida maʼlumot berilgan.
Shuningdek, Yaponiya jamoatchiligiga Kunchiqar mamlakat poytaxtida joylashgan “Samarkand Terrace” oʻzbek milliy taomlari restorani ham tanishtirilgan.
Koʻrsatuv davomida ishtirokchilar orasida Oʻzbekiston haqida qiziqarli viktorina ham tashkil qilindi.
Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, “Love it!” telekoʻrsatuvi Yaponiyaning reytingi eng yuqori boʻlgan koʻrsatuvlardan biri hisoblanib, haftaning dushanba-juma kunlari efirga uzatiladi. Koʻrsatuvda qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etish bilan birga, mashhur insonlar ishtirokida viktorinalar ham oʻtkaziladi.
Ushbu telekoʻrsatuv mamlakatimiz turizm salohiyatini Yaponiyada kengroq targʻib etishga va Oʻzbekistonga yaponiyalik sayyohlar oqimini koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring