Yaponiya imperatori Oʻzbekiston hukumati aʻzosini oliy darajadagi ordeni bilan mukofotladi
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi
2022-yilning 9-noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Anʻanaga koʻra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.
Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan koʻp yillik hissasi eʻtirof etilganini tasdiqlaydi.
Bu orden 1875-yildan beri berib kelinayotgan boʻlib, Yaponiyadagi eng qadimgi va “Chiqayotgan Quyosh Ordeni”ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring