Yaponiya birorta gol oʻtkazmagan holda chorak finalga chiqdi, Qatar esa birorta ham gol ura olmay ishtirokini yakunladi

08:05 14 Yanvar 2026 Sport
147 0

Kecha, 13-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi. “B” guruhidan oʻrin olgan dastlabki bahsda Yaponiya U-23 terma jamoasi Qatar ustidan 2:0 hisobida gʻalabaga erishdi. Uchrashuvda kiritilgan gollarga Ryunsuke Sato va Shusuke Furuya mualliflik qildi.

Shu tariqa, 3 ta oʻyinda 3 ta gʻalaba qozonib, oʻz darvozasidan birorta ham gol oʻtkazmagan Yaponiya U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi ishtirokini 1-oʻrin bilan yakunladi. Yaponlar chorak finalda Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Guruhning ikkinchi oʻyinida esa Birlashgan Arab Amirliklari U-23 terma jamoasi Suriya yoshlari bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Bahsda kiritilgan gollarga BAA safidan Ali al-Memari, Suriya tarkibidan esa Mahmud al-Omar mualliflik qildi. Soʻnggi tur oʻyinlaridan keyin 4 ochko jamgʻargan BAA U-23 terma jamoasi toʻplar nisbatiga koʻra guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi. Ular chorak finalda Vyetnam yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?