Yanvar–oktyabr oylarida Oʻzbekistonda 7,5 million tonna koʻmir qazib olindi

11:18 25 Dekabr 2025 Jamiyat
208 0

2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida Oʻzbekistonda jami 7,5 million tonna koʻmir qazib olingan. ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 million tonnaga oshgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Shuningdek, mazkur davrida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari ham eʼlon qilindi. Xususan, avtomobil benzini ishlab chiqarish 1,1 million tonnani, dizel yoqilgʻisi ham 1,1 million tonnani tashkil etgan.

Bundan tashqari, neft qazib olish hajmi 601,2 ming tonna, tabiiy gaz ishlab chiqarish esa 38,9 milliard kub metrga yetgan. Gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi 1 million tonnani tashkil etgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, shu davrda 227 085 dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?