Yanvar oyida 25,5 mingta koʻchmas mulk oldi-sotdi qilindi

15:00 06 Mart 2025 Jamiyat
144 0

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yanvarda koʻchmas mulk bozorida faollik tiklanganini maʼlum qildi. Unga koʻra, yanvar oyida koʻchmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni 25,5 mingtani tashkil etib, oʻtgan yilning yanvar oyiga nisbatan 17,4 foizga ortgan.

Unga koʻra, yil boshidan buyon koʻchmas mulk oldi-sotdi koʻrsatkichlaridagi eng sezilarli oʻsish Jizzax viloyatida qayd etilgan boʻlib, hududdagi sotuvlar hajmi 44 foizga oshgan. Undan keyingi eng katta oʻsish 36 foiz koʻrsatkich bilan Navoiy viloyatiga toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida koʻchmas mulk bozori umumiy hajmi 28 foizni tashkil qilgan. Poytaxtdagi umumiy koʻrsatkich hajmining 9,3 foizida bitimlar muvafaqqiyatli tuzildi.

Bundan tashqari, yanvar oyida respublika boʻyicha ikkilamchi uy-joy narxlari oʻrtacha hisobda 0,3 foizga oshganligi kuzatildi. Bu natija oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga oʻsgan.

Jumladan, yillik hisobda hududlar kesimida uy-joy narxlarining eng yuqori oʻsishi surati 11,4 foiz bilan Surxondaryo viloyatida qayd etilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 10,4 foiz oʻsish bilan Jizzax viloyati ikkinchi, 8,4 foiz koʻtarilish bilan Fargʻona viloyati uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Maʼlumot uchun, hisobot davrida Toshkent shahridagi oʻrtacha uy-joy narxlari deyarli oʻzgarishsiz qolib, yillik hisobda Poytaxtdagi uy-joy narxlari 2,3 foizga pastlagan.

Toshkent shahridagi tumanlar kesimida narxlarning pasayishi Sergeli tumanida -1,8 foizga, Yunusobod tumanida -1,7, hamda Mirzo Ulugʻbek tumanida -1,5 foizni koʻrsatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?