Yangiyoʻlda haydovchisining sogʻligʻi yomonlashgan “Gentra” beton tayanchga borib urildi

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida “Gentra” beton simyogʻochga urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIBB YHXB hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 14-mart kuni soat taxminan 09:00 larda Yangiyoʻl tumani A.Temur koʻchasi 21-uy qarshisida yuz bergan. Haydovchi F.J. “Gentra” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida oʻz oʻzidan sogʻligʻi yomonlashgan, oqibatda rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi beton ustunga borib urilgan.
Telegram ijtimoiy tarmogʻida tarqalgan rasmlardan koʻrinadiki, toʻqnashuv zarbidan shikastlangan beton simyogʻoch mashina ustiga qulagan. Maʼlum boʻlishicha, avariyaviy holatdan soʻng Obod hamda Qirariq MFY hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgan.
“Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchining sogʻligʻiga ziyon yetmagan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, holat yuzasidan Yangiyoʻl tumani IIB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring