Yangiariq va Shovot tumanlarida qalbaki aksiz markali mahsulotlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.D.” MCHJ qarashli savdo shoxobchasida qalbaki aksiz markali 434 dona alkogol va 28 quti aksiz markasiz “Milano” nomli tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Shovot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.O.” MCHJ qarashli savdo shoxobchasida qalbaki aksiz markali 3 xil turdagi 261 dona alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring