Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — milliy parlamentarizm taraqqiyotining negizi
Bugun, 1-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — milliy parlamentarizm taraqqiyotining negizi” mavzusida parlament konferensiyasi boshlandi.
Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman), Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani), Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Davlat va huquq instituti professor-oʻqituvchilari, huquqshunoslar, Parlament tadqiqotlari instituti hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etyapti. Shuningdek, barcha hududlarda studiyalar tashkil etgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari va Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining hududlardan saylangan aʼzolari ham qatnashmoqda.
Parlament faoliyatida oʻziga xos anʼanaga aylanib ulgurgan, ilk bor keng koʻlamli formatda tashkil etilgan mazkur parlament konferensiyasida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mamlakatimizda barcha darajadagi vakillik organlari rivoji uchun yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratishda hamda milliy parlamentarizm instituti faoliyati samaradorligini yanada oshirishda tutgan muhim oʻrni va ahamiyati xususida soʻz yuritilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov oʻz soʻzida yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, davlat va jamiyat qurilishini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berganligini alohida taʼkidladi.
Konferensiyada yangilangan Konstitutsiyada mamlakatimiz Prezidenti tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotimizning turli sohalarida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish boʻyicha strategik maqsadlar oʻz ifodasini topgani, Asosiy qonunimiz davlatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligining mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolatiga aylangani qayd etib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring