"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida joylashgan sport maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining taekvondo (WT) bo‘yicha mintaqaviy bahslari bo‘lib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Sirdaryo viloyati bo‘limi ijrochi direktori Bahodurxo‘ja Eshonov, O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo‘limlari uchun mas’ul Husniddin Xo‘jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.
Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridan 200 nafarga yaqin yoshlar 10 ta vazn toifasida "Sport maktablari" hamda "Sport klublari"dan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdi.
Musobaqaning yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali tarzda taqdirlandi hamda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring