“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 305 ta yangi koʻp kvartirali uy-joylar quriladi
Foto: Arxiv surat
Farmonga koʻra, 2023-yil 1-maydan:
— qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit taʼminoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi;
— 2025-yil 1-yanvargacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo turlarini (jadvalda keltirilgan) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
2024-yil 31-dekabrgacha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etiladi. Bunda:
— kompensatsiya – kredit summasidan qatʼi nazar har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlanadi;
— kafillik – kredit summasidan qatʼi nazar har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;
— kafillik va kompensatsiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.
Qarorga koʻra, 2023-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida (38 ta) jami 837 ta (shundan 305 tasi yangi) koʻp kvartirali uy-joylar quriladi.
2023-yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.
Farmonga koʻra, “Mening birinchi uyim” dasturi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring