Yangi obyektlar foydalanishga topshirildi

12:27 14 Aprel 2025 Jamiyat
72 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ancha yillar avval qurilgani sababli bugungi kun talablariga javob bermay qolgandi. Shu bois 850 oʻrinli oʻquv binosi, 200 oʻrinli faollar zali, 60 oʻrinli oshxonasida kapital taʼmirlash olib borildi. Kuni kecha mazkur maktabda bunyodkorlik ishlari toʻliq yakuniga yetkazilib, obyektlar foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Payariq tumanida esa 500 oʻrinli taʼlim muassasasi qurilishi davlat-xususiy sherikchilik asosida boshlandi. Mirzo Ulugʻbek mahallasida “Chelak pro study” nomli nodavlat maktab taʼlimi tashkiloti binosiga toshi qoʻyildi.

Tuman IIB 2-sonli ichki ishlar boʻlinmasining yangi binosini foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Payariq tumani hokimligi vakillari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер