Yangi mavsumda YCHL uchrashuvlarini qaysi telekanalda tomosha qilishimiz mumkin?
Futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasining yangi mavsumdagi uchrashuvlari “Zoʻr TV” kanalida namoyish etiladi. Hozircha har bir turda bittadan uchrashuv translyatsiya qilinishi mumkin. Boshqa telekanallar bilan hamkorlik haqida xabar berilmagan.
Yangicha tizimda oʻtkazilayotgan musobaqalar haftaning uch kunida boʻlib oʻtadi. Shu sababli har bir oʻyin kunida bittadan markaziy uchrashuv efirga qoʻyiladi. 17-sentyabr kuni birinchi tur doirasida “Milan”—“Liverpul”, “Yuventus”—“PSV”, “Real”—“Shtutgart” kabi markaziy bahslar mavjud.
Kanal mutasaddilari qaysi uchrashuvni namoyish qilishini maʼlum qilmagan. “Zoʻr TV” avvalroq LaLiga uchrashuvlarini sotib olganini maʼlum qilgandi. Hozirda telekanal Ispaniya chempionatining ham markaziy uchrashuvlarinigina namoyish etmoqda.
Qayd etish kerakki, Oʻzbekistonda sportga ixtisoslashgan Sport telekanali na LaLiga va na YECHLsini qoʻlga kirita oldi. Soʻnggi yillarda Sport TV yurtimizda xaridorgir boʻlgan chempionatlarni sotib ola olmayapti.
Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring