Yangi massivga yangi bogʻlar yarashadi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi“. Bulungʻur tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi. Besh-olti yil oldin bu yerda hech qanday infratuzilma mavjud boʻlmagan.
Samarqand—Toshkent katta yoʻli yoqasidagi Olmazor mahallasida, Gʻoʻbdin massivi deb nomlanadigan hududda endilikda qariyb 24 gektar maydonda koʻrkam shaharcha paydo boʻldi. Massivda 1204 xonadondan iborat 56 ta koʻp qavatli uy, qariyb ming oʻrinli ikkita maktab, uchta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, mahalla binosi, oilaviy poliklinika, madaniyat uyi, kutubxona, masjid, sport maydonchalari, savdo markazlari va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurilmoqda. Ayni paytda uylarning aksariyatida qurilish ishlari yakuniga yetib, aholi koʻchib kirgan.
Hududda yil yakunigacha 30 ta 5 qavatli, 651 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bugungacha massivda jami 23 ta 5 qavatli 510 xonadonli uylar foydalanishga tayyorlab qoʻyilgan.
Massivdagi barcha uy-joylarga markazlashgan ichimlik suvi, issiqlik manbai, tabiiy gaz, elektr va oqova tarmoqlari tortilmoqda. Hududda markazlashgan 1 ta suv inshooti va 1,2 kilometr ichimlik suv tarmogʻi tortish ishlari bajarildi. Shu paytgacha 2,5 gektar maydonda “yashil bogʻlar” tashkil etilgan edi, endi bogʻlar yana ham kengaymoqda. Kuni kecha mazkur “Yangi Oʻzbekiston” massividagi 2 gektar maydonga 1700 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Koʻchat ekish tadbirida viloyat hamda tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari, hokimliklar masʼullari, boshqarma va idoralar, korxona va tashkilotlar boshliqlari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.
Maʼlumotlarga koʻra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahorida tumanda hudud iqlimiga mos 963 ming tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt va buta koʻchatlari ekilgan. Jumladan, 3 gektar maydonda “Hokimlik bogʻi” va yashil bogʻlar tashkil etildi, 3,6 kilometrdan ziyod sugʻorish tarmoqlari tortildi, 4 ta sugʻorish qudugʻi qazildi.
Kuzgi mavsumda esa 414 ming dona daraxt koʻchati ekish rejalashtirilib, hozir tumanning barcha hududlarida bu yumush davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring