Yangi koʻprik manzillarni manzillarga tutashtirdi
Soʻnggi sakkiz yil davomida Qashqadaryo viloyatida faqat davlat byudjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan 120 dan ortiq koʻpriklar qurildi, eskilari taʼmirlandi. Natijada bir necha yuz minglab aholining mushkuli oson boʻldi, bir necha yuzlab qishloqlar, mahallalar oʻrtasidagi masofalar qisqardi.

Tegishli investitsiya dasturi asosida Shahrisabz tumanidan oqib oʻtuvchi Tanhoz daryosi ustiga 4 milliard 151 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etilib, foydalanishga topshirilgan 96 metr uzunlikdagi yangi koʻprik ham hududdagi Navbahor, Istiqbol, Xontepa, Tanhoz va Oʻrtaqoʻrgʻon mahallalari aholisi uchun katta qulaylik yaratdi.
Shu bois ham zamonaviy koʻprikning foydalanishga topshirilishi hudud ahli uchun haqiqiy shodiyonaga aylanib ketdi.

- Avval qoʻshni mahallarga oʻtib qaytish, tuman markaziga borish uchun turli aylanma yoʻllar orqali yurishga majbur boʻlardik, — deydi Navbahor mahallasida yashovchi Nodir Ashurov. – Ayniqsa, farzandlarimizning maktabga qatnashida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, qoʻlbola usulda qurilgan koʻpriklardan oʻtib qaytishi biz uchun doimo xavotirli edi. Yangi koʻprik mushkullarimizni oson qilish bilan birga, koʻnglimizdagi xavotirlarni ham aritdi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring