Yangi kiberxavfsizlik boʻyicha davlat universitetining qachondan faoliyat boshlashi maʼlum boʻldi

16:05 24 Yanvar 2025 Jamiyat
318 0

20-yanvar kuni “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilingan edi.

Qarorga koʻra, axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash “Cyber university” davlat universitetining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Unda talabalarni oʻqitish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi.

Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi va ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion gʻoyalarga yoʻnaltirilgan startap loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish uning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

2025/2026 oʻquv yili uchun Universitetga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga 100 ta davlat granti ajratiladi. Ajratilgan grantlar taʼlim yoʻnalishi kesimida taqsimlanib, navbatdagi oʻquv yilidan boshlab qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari asosida beriladi.

Taʼkidlash joiz, universitetda oʻquv jarayoni 2025-yil sentyabr oyida boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер