Yangi yilda Toshkent avtobuslari harakatlanish rejasi maʼlum qilindi

Bayram kunlarida Toshkent avtobuslari qay tartibda ish olib borishi haqida “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Prezidentning tegishli farmoni bilan Oʻzbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam olishi belgilangan. Xususan, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari 14-dekabr, shanba kunidan 30-dekabr dushanba kuniga koʻchiriladi.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 30-dekabr dam olish kuni hisoblanadi. Ish haftasining turidan qatʼi nazar esa, barcha xodimlar uchun 31-dekabr, seshanba kuni qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Yanvar oyining dastlabki kunlaridagi dam olish kunlari 2025-yildagi qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilash boʻyicha davlat rahbarining farmoni bilan maʼlum boʻladi.
Shundan kelib chiqib, avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlarining faoliyati 14-dekabrda ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 30−31-dekabr kunlari esa yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring